Argentinada di Mariya simulyatsiya bahslari markazida qoldi

Argentinada di Mariya simulyatsiya bahslari markazida qoldi

Anxel di Mariya vatani Argentinaga qaytgach, dastlab yaxshi natijalar ko'rsatdi. Biroq keyingi haftalarda uning atrofida salbiy fon kuchaydi: masala ko'proq o'yinidan emas, raqiblar va muxlislar noroziligidan iborat. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Argentina chempionatida «Rosario Sentral» safida to'p surayotgan sobiq «Manchester Yunayted» va «Real» futbolchisi tez-tez yiqilib, jarima zarbasi yoki penalti “so'rash”ga urinayotgani haqida tanqidlar ko'paydi. Mahalliy forumlarda «nega di Mariyani hiylalari uchun ogohlantirishmaydi», «u yulduz, ammo bunday harakatlari joniga tekkani», «bunday darajadagi futbolchi penalti talab qilib, o'zini tashlashiga achinarli» kabi fikrlar tez-tez uchramoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.