Arbeloa Realda qiyinchilikka duch keldi, sabab aytildi

Arbeloa Realda qiyinchilikka duch keldi, sabab aytildi

Madridning «Real» klubida bosh murabbiy Alvaro Arbeloaning jamoa yulduzlari orasidagi nufuzi kutilgan darajada emas. Bu haqda Sport.es xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, mutaxassis futbolchilarning “diktaturasi” tufayli bosimni his qilmoqda: yetakchi o‘yinchilar murabbiyning ayrim ish uslublariga rozi emas. Shunga qaramay, kelishmovchilik tafsilotlari «qirollik» klubining kiyinish xonasidan tashqariga chiqarilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Arbeloa yanvar o‘rtalarida madridliklar boshqaruvini qabul qilib olgandi. U bosh murabbiy lavozimida Xabi Alonsoning o‘rnini egallagan.

Hozirda «Real» La Ligada ikkinchi o‘rinda bormoqda. Chempionlar ligasida esa pley-off yo‘llanmasi uchun o‘tish uchrashuvlariga chiqdi va bu bosqichda «Benfika»ga qarshi maydonga tushadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.