Adli tavakkal evaziga g'alabaga erishganini aytdi

Adli tavakkal evaziga g'alabaga erishganini aytdi

Angliya chempionatida 26-tur uchrashuvlari start oldi. Safarda o‘ynagan “Bornmut” “Everton” darvozasiga ikki bor to‘p kiritib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuv taqdirini hal qilgan gol ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida “giloslar” hujumchisi Amin Adli tomonidan urildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O‘yindan keyin jurnalistlar bilan suhbatda Adli uch ochko oson kelmaganini ta’kidladi. Uning aytishicha, murabbiy birinchi bo‘limdagi o‘yindan qoniqmagan: jamoa ritmni topa olmagan, tanaffusdan keyin esa ko‘proq tavakkal qilgan va bu yondashuv natija olib kelgan.

Hozirda “Bornmut” APL turnir jadvalida sakkizinchi pog‘onada bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.