Ronaldu atrofidagi mojaro fonida Al-Nasr rahbari iste'foga chiqdi

Ronaldu atrofidagi mojaro fonida Al-Nasr rahbari iste'foga chiqdi

Krishtianu Ronaldu bilan bog'liq boykot klub ichida iz qoldirdi. Arriyadiyah xabariga ko'ra, Mohammed al-Skit «Al-Nasr» direktorlar kengashi raisi lavozimidan iste'foga chiqish haqida ariza topshirdi. Funksioner qarorini shaxsiy sabablar bilan izohladi, biroq tafsilotlarni ochiqlamadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq «Al-Nasr»da Ronalduga yaqin bo'lgan portugaliyaliklar — Joze Semedu va Simao Koutinyo vakolatlari qayta tiklangani aytilgandi. Manbalarga ko'ra, yulduz hujumchi klubdan ichki muammolarni bartaraf etish bo'yicha aniq kafolatlar olgan.

Qayd etilishicha, «Al-Nasr»ning boshqaruv tizimidagi o'zgarishlar bundan keyin ham davom etadi. Jamoa ayni paytda chempionat jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.