Jikiya Turkiyadagi holati haqida savollarga javob berdi

Jikiya Turkiyadagi holati haqida savollarga javob berdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi faoliyati va klubdagi vaziyati yuzasidan fikr bildirdi. 32 yoshli futbolchining so'zlari aks etgan video «FNL s Ilyovym» telegram-kanalida e'lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jikiyadan «Antalyaspor»dagi ishlari qanday ketayotgani so'ralganda, u «Hammasi yaxshi, rahmat», deya qisqa javob qaytardi. Turkiyada o'zini qanchalik qulay his qilayotgani haqidagi savolga esa himoyachi tabassum bilan «Bu yerda hammasi joyida», dedi.

Georgiy Jikiya o‘tgan yozda «Antalyaspor» safini to‘ldirgandi. Shundan beri u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga ulgurdi.

Hozir «Antalyaspor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o‘yini 13 fevral kuni o‘z maydonida «Samsunspor»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.