Argentina chempionatida di Mariyani simulyatsiya ayblovlari quvmoqda

Argentina chempionatida di Mariyani simulyatsiya ayblovlari quvmoqda

Anxel di Mariya vatani Argentinga qaytib, dastlab yaxshi natijalar qayd etdi. Biroq keyinroq uning atrofida salbiy fon kuchaydi: gap o‘yindagi samaradorlikdan ko‘ra, raqiblar noroziligida — ular di Mariyani maydonda tez-tez yiqilib, epizodlarni bo‘rttiradi, deb hisoblamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Argentina chempionatiga bag‘ishlangan mahalliy forumlarda ham keskin fikrlar ko‘paygan. U yerda muxlislar “nega di Mariya fokuslari uchun ogohlantirish olmaydi?”, “u yulduz, lekin bunday harakatlar joniga tegdi”, “shuncha darajadagi futbolchi penaltini shunchalik ochiq so‘rashi achinarli” kabi izohlarni qoldirmoqda. Avval “Manchester Yunayted” va “Real”da to‘p surgan futbolchi hozir “Rosario Sentral” safida o‘ynamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.