Marsel bosh murabbiyligiga yana bir nomzodni ko'rib chiqmoqda

Marsel bosh murabbiyligiga yana bir nomzodni ko'rib chiqmoqda

Fransiyaning “Marsel” klubi Roberto De Dzerbi bilan xayrlashgach, bosh murabbiy masalasida navbatdagi variantni belgilab oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Foot Mercato xabariga ko‘ra, saudiya chempionatida ishlayotgan Serjiu Konseysau bilan bir qatorda, klub Habib Beye nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.

Beye avvalroq “Renn”da bosh murabbiy bo‘lib ishlagan. U 9 fevral kuni so‘nggi to‘rt o‘yindagi qoniqarsiz natijalar sabab lavozimidan chetlatilgandi.

Hozirda “Marsel” 21 turdan so‘ng 39 ochko bilan chempionat jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Undan yuqorida “Lion” (42), “Lans” (49) va “PSJ” (51) joylashgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.