Al-Nasr murabbiyi Ronalduning tanaffus olishini aytdi

Al-Nasr murabbiyi Ronalduning tanaffus olishini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o‘ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchi boykotdan keyin tez orada safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu o‘yinda ham u ro‘yxatda bo‘lmaydi.

«Zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi juda muhim uchrashuv turibdi», — deya Jezushning so‘zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Murabbiy ta’kidlashicha, Ronalduning dam olishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan o‘yinlarni ilk bor o‘tkazib yuborayotgani yo‘q.

Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» bahsi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.