Marsel bosh murabbiyligiga yana bir nomzod aniqlandi

Fransuzning «Marsel» klubi Roberto De Dzerbi isteʼfoga chiqarilgach, bosh murabbiy masalasida yangi variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Foot Mercato xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistonida ishlayotgan Serjiu Konseysau bilan birga, klub Habib Beye nomzodini ham muhokama qiladi.
Beye yaqinda «Renn»da bosh murabbiy bo‘lib ishlagan, biroq 9 fevral kuni so‘nggi to‘rtta uchrashuvdagi qoniqarsiz natijalar sabab lavozimidan chetlatilgandi.
Hozirda «Marsel» chempionat jadvalida 21 o‘yinda 39 ochko jamg‘arib, 4-o‘rinda bormoqda. Undan yuqorida «Lion» (42), «Lans» (49) va «PSJ» (51 ochko) joylashgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













