Marsel bosh murabbiyligiga yana bir nomzodni ko'rib chiqmoqda

Marsel bosh murabbiyligiga yana bir nomzodni ko'rib chiqmoqda

Fransiyaning «Marsel» klubi Roberto De Dzerbi bilan xayrlashgach, bosh murabbiy masalasida yana bir variantni kun tartibiga olib chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Foot Mercato xabariga ko'ra, Saudiy Arabistonida ishlayotgan Serjiu Konseysaudan tashqari, marselliklar Habib Beye nomzodini ham ko'rib chiqmoqda.

Beye avval «Renn»da bosh murabbiy bo'lib ishlagan. U 9 fevral kuni so'nggi to'rtta uchrashuvdagi qoniqarsiz natijalar sabab lavozimidan chetlatilgandi.

21 turdan keyin «Marsel» 39 ochko bilan turnir jadvalida 4-o'rinda bormoqda. Uning oldida «Lion» (42), «Lans» (49) va «PSJ» (51) joylashgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.