Marsel bosh murabbiylikka yana bir nomzodni ko'rib chiqmoqda

Marsel bosh murabbiylikka yana bir nomzodni ko'rib chiqmoqda

Fransiyaning «Marsel» klubi Roberto De Dzerbining ishdan bo'shatilishidan so'ng bosh murabbiylik masalasida yana bir variantni belgilab oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Foot Mercato xabariga ko'ra, saudiyalik futbolida ishlayotgan Serjiu Konseysaudan tashqari, marselliklar Habib Beyeni ham tayinlash ehtimolini ko'rib chiqmoqda.

Beye avval «Renn»da bosh murabbiy bo'lib ishlagan. U 9 fevral kuni so'nggi to'rtta uchrashuvdagi qoniqarsiz natijalar sabab lavozimidan chetlatilgandi.

Hozirda «Marsel» chempionat jadvalida 21 o'yindan keyin 39 ochko jamg'arib, to'rtinchi o'rinda bormoqda. Undan yuqorida «Lion» (42), «Lans» (49) va «PSJ» (51) joylashgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.