Arne Slot Liverpulning Chempionlar ligasi yo'llanmasi haqida gapirdi

Arne Slot Liverpulning Chempionlar ligasi yo'llanmasi haqida gapirdi

“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot jamoasining keyingi mavsum Yevropa Chempionlar ligasida qatnashish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Niderlandiyalik mutaxassisning aytishicha, “qizillar” Chempionlar ligasi zonasiga yaqin turibdi, biroq turnir jadvalining yuqori qismida ochkolarni quvib yetish ancha murakkab. Slot ta'kidlashicha, pastdagi jamoalar tez-tez ochko yo'qotadi, yetakchilar esa kamroq qoqiladi, shu bois yuqoriga ko'tarilish uchun har uchrashuvda g'alaba qozonish zarur.

Hozirgi vaqtda “Liverpul” APL turnir jadvalida 42 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.