Jezush Ronalduga dam berdi u navbatdagi o'yinda yo'q

Jezush Ronalduga dam berdi u navbatdagi o'yinda yo'q

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan bahsda maydonga tushmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi o'ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada jamoaga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, aynan shu uchrashuvda u yana tarkibda bo'lmaydi.

Jezushning aytishicha, zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi bir nechta futbolchiga dam berish haqida qaror qabul qilingan. Murabbiy buning ortida shanba, 14-fevral kuni "Al-Fateh"ga qarshi bo'ladigan muhim Saudiya chempionati o'yiniga tayyorgarlik turganini ta'kidladi.

Shuningdek, u Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarni vaqti-vaqti bilan o'tkazib yuborishi yangilik emasligini qayd etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.