Barselona sport direktori Deku Yamal haqida fikr bildirdi

Barselona sport direktori Deku Yamal haqida fikr bildirdi

Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq futbolchisi, hozirda esa jamoaning sport direktori bo'lgan Deku 18 yoshli qanot hujumchisi Lamin Yamalning o'yini va yondashuvi haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Dekuning ta'kidlashicha, Yamal maydonda juda aqlli harakat qiladi, yoshiga qaramay yetarlicha katta tajribaga ega va yangi narsalarni tez o'zlashtiradi. Funktsioner futbolchining 18 yoshidayoq klubga, mashg'ulot jarayoniga to'liq berilib, murabbiylar ko'rsatmalarini aniq bajarishi ijobiy holat ekanini ham qayd etdi.

La Liga joriy mavsumida Yamal 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 10 ta gol va 8 ta golli uzatma bor. Hujumkor yarim himoyachining transfer bahosi 200 million yevroga teng deb baholanmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.