Martin Palermo Lautaro Martinesni Yevropadagi eng zo'r hujumchi dedi

Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Martin Palermo milanlik “Inter” forvardi, vatandoshi Lautaro Martines haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Palermoning ta’kidlashicha, u Martinesni hozirda Yevropadagi eng kuchli hujumchi deb hisoblaydi. “Lautaro doim raqib darvozasini ko‘zlaydi, ko‘p gol uradi. Kerak bo‘lsa orqaroqqa qaytib, jamoaning kombinatsion o‘yinida ham faol qatnashadi: maydonda ko‘p harakat qiladi, qanotlarga pas uzatadi va bo‘sh zonalarga tezlikda yorib kiradi”, — deya uning so‘zlarini Football-Italia keltirdi.
A Seriyaning joriy mavsumida 28 yoshli forvard 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













