Endrikning qizil kartochkasi bekor qilinib, sariqqa almashtirildi

Endrikning qizil kartochkasi bekor qilinib, sariqqa almashtirildi

Fransiyada «Lion» hujumchisi Endrik olgan qizil kartochka bilan bogʻliq bahsli vaziyat koʻrib chiqildi. Braziliyalik forvard Liga 1 doirasida «Nant»ga qarshi o‘yinda (1:0) maydondan chetlatilgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Intizomiy komissiya yig‘ilishida qizil kartochkani sariq kartochkaga almashtirish haqida qaror qabul qilindi. Bu 19 yoshli futbolchi uchun o‘yindagi ikkinchi ogohlantirish bo‘lgani sababli, Endrik baribir bir o‘yinlik diskvalifikatsiya oladi.

Endrik qishda Madridning «Real» klubidan «Lion» safiga ijara asosida kelib qo‘shilgan.

U fransuz jamoasi tarkibida hozirgacha 4 uchrashuvda maydonga tushib, 3 gol va 1 assist qayd etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.