Rossiya va Marokash terma jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin

Rossiyaning Marokashdagi elchisi Vladimir Baybakov ikki mamlakat milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik bahsi tashkil etilishi ehtimoli haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Diplomatning aytishicha, Rossiya terma jamoasi uchun Marokashga qarshi o‘ynash qiziqarli bo‘lardi. U bu tashabbusni yaxshi g‘oya deb atab, uni amalga oshirishga harakat qilishlarini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Marokash terma jamoasi yaqinda bo‘lib o‘tgan Afrika kubogida ikkinchi o‘rinni egalladi va finalda Senegalga imkoniyatni boy berdi.
Rossiya esa FIFA va UEFA qarori bilan xalqaro musobaqalardan chetlatilgan. Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvida Chiliga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













