Jek Grilish haydovchilik guvohnomasidan ayrilib qolishi mumkin

Jek Grilish haydovchilik guvohnomasidan ayrilib qolishi mumkin

Avvalroq Jek Grilish jarohati sabab operatsiya stoliga yotishga majbur bo‘layotgani haqida xabar bergandik. Endi esa futbolchining muammolari yana ortdi: unga 12-sentabr kuni sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha jarima masalasi qayta ko‘tarildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O‘sha kuni Grilish Liverpulda o‘zining Lamborghini avtomobilida svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida to‘xtamasdan o‘tib ketgan. Qoidabuzarlik tungi paytda sodir bo‘lgani uchun rulda aynan kim bo‘lganini tasdiqlash bo‘yicha qo‘shimcha tartib-taomillar talab qilingan.

Politsiya Grilishga haydovchi shaxsini aniqlash uchun standart so‘rov yuborgan, biroq futbolchi belgilangan muddat ichida javob qaytarmagan. Natijada unga avtomatik jarima yozildi va jarima ballari ham qo‘shildi — endilikda Grilish bir muddat haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo‘lib qolish xavfi ostida.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.