Djikija Turkiyadagi faoliyati bo‘yicha savollarga javob berdi

Djikija Turkiyadagi faoliyati bo‘yicha savollarga javob berdi

Antalyaspor himoyachisi Georgiy Djikija Turkiyadagi holati yuzasidan qisqa izoh berdi. 32 yoshli futbolchining so‘zlari aks etgan video «FNL s Ilyovym» telegram-kanalida e’lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalistlar undan klubdagi ishlari qanday ketayotgani haqida so‘raganda, Djikija «hammasi yaxshi» deya javob qaytardi. Turkiyadagi sharoitlar ko‘ngildagidekmi, degan savolga esa u kulimsirab, hammasi joyida ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Djikija o‘tgan yozda Antalyaspor safiga qo‘shilgan. Shu vaqt ichida u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga ulgurdi.

Hozirda Antalyaspor Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o‘yini 13-fevral kuni o‘z maydonida Samsunsporga qarshi bo‘lib o‘tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.