Boka Xuniors klubida yangi sport direktori ish boshladi

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori ish boshladi

Argentina giganti «Boka Xuniors» sport direktorligi lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini e’lon qildi. Klub rahbariyati u prezident Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlashini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Boka» tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj, shu bois Delgadoning asosiy vazifalaridan biri transfer masalalarini jadallashtirish va jamoani qisqa muddatda mustahkamlash bo‘ladi.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham salmoqli iz qoldirgan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi jahon chempionati bahslarida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan — bu natijani «Santos» hujumchisi braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan bo‘lishib olgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.