Denzel Dyumfris Milan bilan derbiga qadar safga qaytadi

Denzel Dyumfris Milan bilan derbiga qadar safga qaytadi

"Inter"ning tayanch ijrochilaridan biri Denzel Dyumfris jarohatdan keyingi uzoq tiklanish jarayonini yakunlash arafasida va maydonga qaytishga juda yaqin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbalarga ko'ra, niderlandiyalik futbolchi fevral oyidayoq mashg'ulotlar ritmiga to'liq kirib borishi mumkin. Klub esa 8-mart kuni bo'lib o'tadigan "Milan"ga qarshi prinsipial uchrashuvda uning ishtirok etishiga umid qilmoqda.

"Inter" hozir A Seriya turnir jadvalida peshqadam: jamoa "Milan"dan 8 ochko oldinda bormoqda, raqibning esa bitta o'yin zaxirada.

Eslatib o'tamiz, "Inter" Italiya chempionligini oxirgi marta 2024 yilda qo'lga kiritgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.