Denis Makarov Kayserispor safida jarohat oldi va safdan chiqdi

Denis Makarov Kayserispor safida jarohat oldi va safdan chiqdi

Turkiyaning «Kayserispor» klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub bayonotiga ko‘ra, tibbiy ko‘rik davomida futbolchining o‘ng sonining yuqori qismidagi o‘rta mushak guruhida yengil shikast va shish aniqlangan. Hozirda davolanish jarayoni davom etmoqda.

Makarov «Kayserispor» tarkibida 3 fevral kuni «Galatasaray»ga qarshi o‘yinda ilk bor maydonga tushgandi. Uchrashuv 0:4 hisobida yakunlangan, Makarov jamoasi esa turnir jadvalida 17-o‘rinda borib, ligada qolish uchun kurashmoqda. Futbolchi bungacha Moskvaning «Dinamo» klubida o‘ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.