Jezush Ronalduning nega maydonga tushmasligini tushuntirdi

Jezush Ronalduning nega maydonga tushmasligini tushuntirdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Zhorzhe Jezush Krishtianu Ronaldu yaqinlashib kelayotgan uchrashuvni o‘tkazib yuborishini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Er-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz futbolchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq eng yaqin o‘yinda u yana qaydnomadan joy olmaydi.

«Jadval juda tig‘iz. Shu sabab Ronalduga ham, asosiy tarkibdagi boshqa futbolchilarga ham dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin bor», — deya Jezushning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Murabbiy ta’kidlashicha, bu — Ronalduning ilk bor Saudiya Arabistonidan tashqaridagi safar uchrashuvlarida o‘ynamay qolishi emas.

Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» o‘yini shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.