Kilian Mbappe Real mashg'ulotlarida umumiy guruhga qaytdi

Kilian Mbappe Real mashg'ulotlarida umumiy guruhga qaytdi

“Real” La Liga doirasida “Real Sosyedad”ga qarshi uy uchrashuvi oldidan tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Juma kuni madridliklar hujumchisi Kilian Mbappe jamoaning umumiy mashg'ulotlariga qaytdi. Klub matbuot xizmati va Ispaniya OAV bu jarayondan lavhalarni e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalgi kunlarda Mbappe maydonda emas, klub bazasidagi yopiq zalda individual tartibda shug'ullangani haqida “Real”ning o'zi ma'lum qilgan edi.

“Real” va “Real Sosyedad” 14-fevral, shanba kuni o'ynaydi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. Mbappening asosiy tarkibda maydonga tushish ehtimoli yuqori.

Alvaro Arbeloa jamoasi La Ligada ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam “Barselona”dan bir ochko ortda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.