Bologna Santyago Kastro bilan shartnomani uzaytirdi

Bologna Santyago Kastro bilan shartnomani uzaytirdi

Italiyaning «Bologna» klubi argentinalik hujumchi Santyago Kastro bilan hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21 yoshli forvardning yangi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Kastro «Bologna» safida 2024 yil yanvaridan beri to‘p surib kelmoqda.

Joriy mavsumning birinchi qismida u 31 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

A Seriyada 24 turdan so‘ng «Bologna» 30 ochko to‘plab, turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda. Keyingi o‘yinini jamoa 15 fevral kuni safarda «Torino»ga qarshi o‘tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.