Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni olib keldi. Klub rahbariyati u prezident Xuan Rikelme bilan bevosita hamkorlikda ishlashini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati fonida Delgado va Rikelme tandemi transfer masalalarida faol ishlashi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajriba to‘plagan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. Delgado bu sovrinni «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













