Milan Pisa maydonida qiyinchilik bilan g'alaba qozondi

Seriya Aning 25-turida “Milan” safarda “Piza”ga qarshi murakkab kechgan o'yinda 2:1 hisobida zafar quchdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv boshlarida “Piza” ham xavfli vaziyatlar yaratdi: Filip Stoylkovich jarima maydoni chap tomonidan ofsaydda turib zarba yo'lladi, biroq darvozabon baribir jamoasini qutqardi. 39-daqiqada Zakari Atekame o'ng qanotdan ajoyib uzatma berdi va Ruben Loftus-Chik boshi bilan hisobni ochdi — 0:1.
Ikkinchi bo'lim avvalida “Milan” yana gol urdi, ammo Niklas Fyullkrug qo'l bilan o'ynagani sababli Adrien Rabyoning aniq zarbasi bekor qilindi. Oradan ko'p o'tmay Fyullkrug penalti tepdi: to'p ustunga tegib, maydonni tark etdi.
71-daqiqada “Piza” hisobni tenglashtirdi. Stoylkovich chap qanotdan past uzatma tashladi, kurashda to'p Straxinya Pavlovichdan qaytib Felipe Loyolaning oyog'iga kelib tushdi va u aniq zarba bilan o'ng burchakni nishonga oldi — 1:1.
O'yin taqdiri 85-daqiqada hal bo'ldi: hujumga qo'shilgan Luka Modrich jarima maydonida to'pni qayta ishlab, tashqi tomon bilan o'ng burchakka mo'ljallangan zarba yo'lladi — 1:2. Yakunda Rabyoning hakam bilan tortishuvi ham jamoasiga qimmatga tushdi: u 90-daqiqada ketma-ket ikki sariq kartochka olib, maydonni tark etdi.
Ushbu g'alabadan so'ng “Milan” peshqadamdan besh ochko ortda qolmoqda, “Piza” esa turnir jadvalida eng quyi o'rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda.













