Agent Djikiya nima uchun klubini o'zgartirishi mumkinligini aytdi

Agent Djikiya nima uchun klubini o'zgartirishi mumkinligini aytdi

Rossiyalik himoyachi Georgiy Djikiyaning agenti Malik Arutyunov futbolchining kelajagi borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning so'zlariga ko'ra, Djikiya “Antalyaspor”dagi maoshlar kechikayotgani sababli norozi va shu bois Rossiya Premer-ligasi klublaridan bo'layotgan variantlarni ko'rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, to'lovlar noyabrdan beri ushlanib qolgan, aks holda futbolchi Turkiyadagi sharoitlardan mamnun.

32 yoshli himoyachi “Antalyaspor” safiga o'tgan yozda kelib qo'shilgan va turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Turkiya Superligasining joriy mavsumida Djikiya 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 3 ta sariq kartochka oldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.