Barboza Safonovni Yashin merosxo'ri sifatida e'tirof etdi

Barboza Safonovni Yashin merosxo'ri sifatida e'tirof etdi

Futbol agenti Paulu Barboza rossiyalik darvozabon, hozirda "PSJ" safida to'p surayotgan Matvey Safonovning o'yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Barboza ta'kidlashicha, Safonov og'ir sharoitlarda o'zining eng kuchli jihatlarini ko'rsatib, Lev Yashinga munosib davomchi borligini isbotladi. Agentning aytishicha, jamoada ham Safonovga hurmat baland va "PSJ" futbolchilari uning qanchalik muhim ekanini yaxshi tushunadi.

Fransiya chempionatining joriy mavsumida Safonov besh uchrashuvda maydonga tushib, olti gol o'tkazib yubordi.

26 yoshli darvozabonning Parij grandi bilan shartnomasi 2029 yil iyuni oxirigacha mo'ljallangan. Uning bozor qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.