Vengriya murabbiyi Soboslai uchun Real doim orzu bo'lganini aytdi

Vengriya murabbiyi Soboslai uchun Real doim orzu bo'lganini aytdi

Vengriya terma jamoasi bosh murabbiyi Marko Rossi Dominik Soboslai atrofidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi. Avvalroq OAVda “Liverpul” yarim himoyachisi kelajakda “Real”ga yo'l olishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Rossi ta'kidlashicha, Soboslai futbol o'ynay boshlagan bolalik davridan beri uning eng katta orzusi “Real” safida to'p surish bo'lgan. Murabbiy The Touchline nashriga bergan izohida Dominnikda shu maqsad anchadan buyon borligini qayd etdi.

2025/2026 yilgi mavsumda 25 yoshli Soboslai “Liverpul” libosida 34 uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 7 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali venger yarim himoyachisini 85 million yevroga baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.