Ikardi xet-triki bilan Galatasaray rekordini yangiladi

Ikardi xet-triki bilan Galatasaray rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-turida «Galatasaray» «Eyupspor»ni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Uchrashuvning bosh qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'lib, u raqib darvozasiga uch bor to'p kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu xet-trik orqali Ikardi «Galatasaray» tarixidagi eng sermahsul legionerga aylandi. U bu ko'rsatkichda ruminiyalik Georghe Hadjini ortda qoldirdi: Hadjida 75 gol bo'lgan bo'lsa, Mauroning hisobida endi 76 ta gol bor. Klubning umumiy to'purarlar ro'yxatida esa argentinalik futbolchi yettinchi o'rinda qayd etilgan.

Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan buyon «Galatasaray» safida o'ynab kelmoqda. U bunga qadar fransuzning «PSJ» klubida to'p surgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.