Garri Keyn top ligalarda 300 gol urgan to'qqizinchi futbolchi bo'ldi

"Bavariya" hujumchisi Garri Keyn Yevropaning besh yetakchi chempionatida 300 ta gol urgan futbolchilar safiga qo'shildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Angliyalik forvard bu marraga yetgan tarixdagi to'qqizinchi o'yinchi sifatida qayd etildi. Keynning yubiley — 300-goli Bundesliga doirasida shanba kungi "Verder"ga qarshi uchrashuvda (3:0) kiritildi.
Ushbu ko'rsatkichga Keyndan avval Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Robert Levandovski, Jimmi Grivz, Gerd Myuller, Stiv Blumyer, Diksi Din va Zlatan Ibragimovich ham erishgan.
Top-5 Yevropa ligalarida jami gollar bo'yicha yetakchilik hali ham Messiga tegishli — 396 gol. Ronaldu esa undan atigi bitta gol ortda. Ikkalasi ham faoliyatini davom ettirmoqda, biroq hozir Yevropadan tashqarida o'ynamoqda.
Keyn "Bavariya"ga o'tishidan avval uzoq yillar "Tottenhem" safida to'p surgan.













