Kairat himoyachisi Mbappe bilan futbolka almashtirgani haqida gapirdi

Kairat himoyachisi Mbappe bilan futbolka almashtirgani haqida gapirdi

Qozogʻistonning «Kairat» klubi himoyachisi Aleksandr Martynovich Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi uchrashuvdan keyin «Real» hujumchisi Kilian Mbappe bilan futbolka almashganini eslab oʻtdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchining aytishicha, u oʻyindan keyin stadionning ichki qismida Mbappedan futbolkasini soʻragan va yulduz forvard bunga rozi boʻlgan. Shundan soʻng Martynovich Mbappedan: «Menga o‘zingnikini berding, senikiga mening futbolkam ham kerakmi?» deb soʻragan, Mbappe esa «albatta» deya javob bergan.

Eslatib oʻtamiz, «Kairat» — «Real» bahsi oʻtgan yilning sentyabrida boʻlib oʻtgan va Madrid klubi 5:0 hisobida yirik gʻalabaga erishgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.