Manchester Yunayted Meyson Mauntni sotishi mumkin

Manchester Yunayted Meyson Mauntni sotishi mumkin

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Meyson Mauntning klubdagi kelajagi hozircha noaniqligicha qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

27 yoshli futbolchiga Maykl Karrik tizimida asosiy tarkibdan joy olish oson emas: "o'nlik" pozitsiyasi jamoaning yetakchi yulduzi va sardori Bruno Fernandesh tomonidan band qilingan. Angliya OAV xabariga ko'ra, "qizil iblislar" Mauntni taxminan 20 mln funt (23 mln yevro) evaziga sotish variantini ko'rib chiqishi mumkin.

Transfermarkt portali esa yarim himoyachining bozor qiymatini 32 mln yevro deb baholagan. "Chelsi"ning sobiq futbolchisi bilan amaldagi shartnoma 2028 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, yana bir yilga uzaytirish bandini ham o'z ichiga oladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.