Bissek: Inter endi raqiblarga yuta olmaydi deyishmaydi

Bissek: Inter endi raqiblarga yuta olmaydi deyishmaydi

"Inter" himoyachisi Yann-Ourel Bissek Seriya A doirasida "Yuventus" ustidan 3:2 hisobidagi g'alabadan so'ng fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Neradzurri" uchrashuvning ikkinchi bo'limini to'liq ko'pchilikda o'tkazdi va o'yin so'ngida bosimni kuchaytirib, raqibni sindira oldi.

"Endi odamlar biz to'g'ridan-to'g'ri raqiblarni yuta olmaymiz, deb gapirishni bas qiladi. Buni doim eshitish yoqimsiz edi. Endi oldinga qarash va kelajakka e'tibor qaratish kerak. Bu juda muhim g'alaba, garchi o'yin sifati unchalik ko'ngildagidek bo'lmagan bo'lsa ham", — dedi Bissek DAZN bilan suhbatda.

"Inter" turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi: jamoa bir o'yin kam o'tkazgan "Milan"dan sakkiz ochkoga oldinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.