Ikardi xet-trigi Galatasarayda tarixiy rekordni yangiladi

Ikardi xet-trigi Galatasarayda tarixiy rekordni yangiladi

Turkiya chempionatining 22-turida «Galatasaray» «Eyupspor»ni yirik hisobda maglub etdi — 5:1. Uchrashuvning bosh qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo‘lib, u uchta gol urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu xet-trik Ikardiga klub tarixidagi eng sermahsul xorijlik to‘purar maqomini olib keldi. U bu ko‘rsatkichda ruminiyalik Georghe Hadjini ortda qoldirdi: Hadjining «Galatasaray» safidagi gollari 75 ta bo‘lgan, Ikardining hisobida esa endi 76 ta gol bor.

Umumiy to‘purarlar ro‘yxatida ham Ikardi yuqori o‘rinlarda bormoqda — u hozircha yettinchi pog‘onaga ko‘tarilgan. Eslatib o‘tamiz, Mauro 2023 yildan beri «Galatasaray» sharafini himoya qiladi, undan avval esa «PSJ» safida o‘ynagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.