Yuventus Manchester Yunaytedga Kalulyuni bermaslikka urinmoqda

Yuventus Manchester Yunaytedga Kalulyuni bermaslikka urinmoqda

Fransuz himoyachisi Pyer Kalulyu Angliyaga yoʻl olishi mumkin. Tribal Football xabariga ko‘ra, futbolchining transferi «Manchester Yunayted»ning qiziqishlari markazida turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Yuventus» esa ingliz klubining rejalari haqida xabardor. Shu sabab turinliklar Kalulyuga maoshini oshirgan holda yangi shartnoma taklif qilishni ko‘zlamoqda. Hozirgi kelishuv 2029 yilgacha amal qiladi.

Kalulyu joriy mavsum A Seriyada 25 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urdi va 3 assist qayd etdi. «Yuventus»ning «Inter»ga qarshi so‘nggi o‘yinida (2:3) himoyachi maydondan chetlatilgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.