Endrik yanvarda Liga 1 ning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi

"Lion" hujumchisi Endrik yanvar oyi yakunlariga ko'ra fransuz chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o'tamiz, 19 yoshli braziliyalik futbolchi qishki transfer oynasida "Real"dan ijara asosida "Lion" safiga kelib qo'shilgandi. Yanvar oyida u Liga 1 doirasida atigi ikki uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Umuman olganda, Endrik "Lion" tarkibida olti marta o'ynadi, hisobida beshta gol va bitta assist bor.
15 fevral, yakshanba kuni "Lion" Fransiya chempionatining 22-turi doirasida o'z maydonida "Nitsa"ni qabul qiladi. Uchrashuv 00:45 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













