Alvares va Grizmann Madrid derbisida zaxirada qoldi

Alvares va Grizmann Madrid derbisida zaxirada qoldi

Ispaniya La Ligasida yakshanba kuni Madrid derbisi bo'lib o'tadi: «Rayo Valyekano» o'z maydonida «Atletiko»ni qabul qiladi. «Matraschilar» bosh murabbiyi Diyego Simeone uchrashuvni quyidagi asosiy tarkib bilan boshlashga qaror qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Oblak, Ximenes, Rudjeri, Lengle, Molina, Mendosa, Kardoso, Baena, Niko Gonsales, Syorlot, Almada.

Hujumchilar Xulian Alvares va Antuan Grizmann esa «Atletiko»ning zaxira o'rindig'idan joy oldi.

«Rayo Valyekano» – «Atletiko» bahsini LiveResult portali matnli onlayn translyatsiya orqali yoritadi. O'yin 20:15 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Hozirda «Atletiko» La Liga turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.