Bavariya Noyer jarohati yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Bavariya Noyer jarohati yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Myunxenning «Bavariya» klubi bir muddat jamoa sardori Manuel Noyersiz qoladi. Klub o‘z rasmiy saytida darvozabonning jarohati haqida ma’lumot e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bundesliga doirasida «Verder»ga qarshi o‘yinda Noyer chap boldir mushagida mushak tolasi yirtilishi (nadryv) jarohatini oldi.

«Bavariya» 39 yoshli posbonning tiklanish muddatlarini hozircha ochiqlamadi. Germaniya OAV avvalroq Noyer 21-fevral kuni «Ayntraxt»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkinligini yozgandi.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» «Verder»ni 3:0 hisobida yirik tarzda mag‘lub etdi. Myunxenliklar Bundesligada ishonchli yetakchilik qilmoqda: ikkinchi o‘rindagi Dortmundning «Borussiya»sidan 6 ochko oldinda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.