Elagin Ronaldu boykotdan keyin maydonga qaytdi va gol urdi

Elagin Ronaldu boykotdan keyin maydonga qaytdi va gol urdi

Saudiya Arabistoni chempionatining 22-turida safarda o‘tgan bahsda “Al-Nasr” “Al-Fateh” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi gollardan biriga 41 yoshli markaziy hujumchi Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Boykotdan so‘ng yana maydonga qaytgan portugaliyalik yulduzning o‘yini futbol sharhlovchisi Aleksandr Elagin e’tiborini tortdi. U Ronaldu nafaqat gol urgani, balki himoyada ham faol ishlagani, jarima maydonchasi ichida bir necha bor to‘pni uzoqlashtirganini ta’kidladi.

“Buyuk futbolchi qaytdi va gol urdi. U shunchaki gol bilan kifoyalanmay, himoyada ham jonbozlik ko‘rsatdi — bir necha marta darvozabon maydonidan to‘pni tepib yubordi. Go‘yo yigit boladek yuguryapti. Ham qoyil qoldim, ham havasim keldi”, — deb yozdi Elagin ijtimoiy tarmoqlarda.

Joriy mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatida Ronaldu 19 o‘yinda 18 ta gol urdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.