Bellingem karyerasidagi eng ogʻriqli omadsizlikni esladi

Bellingem karyerasidagi eng ogʻriqli omadsizlikni esladi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem faoliyatida hanuz unutilmaydigan eng alamli epizodni tilga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Angliyalik futbolchi Dortmundning «Borussiya»si safida Bundesligada soʻnggi turda qoʻldan boy berilgan chempionlikni yodga oldi. Oʻsha kuni «Mayns» ustidan gʻalaba «asalarilar»ni chempionga aylantirardi, biroq uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi va oltin medallar yana «Bavariya»ga nasib etdi.

«Hali ham ortimdan quvib yuradigan omadsizlik? «Borussiya» bilan mavsumning oxirgi kunida qoʻldan ketgan chempionlik. Eslatganingiz uchun rahmat», — deya Bellingemning soʻzlarini Madrid Zone keltirdi.

Eslatib oʻtamiz, Bellingem 2023 yil yozida — Germaniyadagi oʻsha dramatik yakundan koʻp oʻtmay — «Borussiya»dan «Real»ga koʻchib oʻtgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.