"Barselona" – "PSJ" o‘yinidagi hakam ish faoliyatidan chetlatilishi mumkin


UEFA Chempionlar ligasining 1/8 finalida \"Barselona\" va \"PSJ\" o‘rtasidagi javob o‘yinini boshqargan Deniz Aytekinning ishidan qoniqmadi, deb yozadi Kun nashri.
Marca bergan xabarga ko‘ra, UEFA hakamlar qo‘mitasi rahbari Perluiji Kollina nemis hakamining ishi to‘g‘risidagi dokladni olgan. Yaqin orada uning ishiga baho berishadi. Hakam joriy mavsumda o‘yinlar uchun chaqirilmasligi, shuningdek, bir qancha muddatga ish faoliyatidan chetlatilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, \"Barselona\" va \"PSJ\" o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng ko‘pchilik hakam ishidan norozi bo‘lgan, ayniqsa, Suares ishlab olgan penaltini muhokama qilishgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













