Bellingem faoliyatidagi eng ogʻriqli omadsizlikni esladi

Bellingem faoliyatidagi eng ogʻriqli omadsizlikni esladi

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem faoliyatida hanuz yodidan chiqmaydigan eng alamli lahza qaysi ekanini aytib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Angliyalik futbolchi “Borussiya” Dortmund safida Bundesligada soʻnggi turda qoʻldan boy berilgan chempionlikni esladi. “Mayns” ustidan gʻalaba “asalarilar”ni chempion qilardi, biroq uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi va oltin medallar yana “Bavariya”ga nasib etdi.

“Hali ham meni quvib yuradigan omadsizlikmi? Mavsumning oxirgi kunida “Borussiya” bilan qoʻldan ketgan chempionlik. Eslatganingiz uchun rahmat”, — deya futbolchining soʻzlarini Madrid Zone keltiradi.

Eslatib oʻtamiz, Bellingem 2023 yil yozida — Germaniyadagi oʻsha dramatik yakundan koʻp oʻtmay — Dortmunddan “Real”ga koʻchib oʻtgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.