Argentinada di Mariya atrofida simulyatsiya mojarosi kuchaydi

Argentinada di Mariya atrofida simulyatsiya mojarosi kuchaydi

Anhel di Mariya vatanga qaytgach, dastlab ijobiy natijalar ko'rsatdi, biroq keyinroq u uchun noqulay davr boshlandi. Bu holat ko'proq maydondagi o'yinidan emas, raqiblar va muxlislar orasidagi norozilikdan kelib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Argentina chempionati muhokama qilinadigan forumlarda «Rosario Sentral» futbolchisining tez-tez yiqilib, jarima yoki penalti so'rashga urinishi tanqid qilinmoqda. Sobiq «Manchester Yunayted» va «Real» a'zosi bo'lgan di Mariyaga nisbatan «nega uning hiylalariga ogohlantirish berilmaydi», «yulduz bo'lsa-da, bunday harakatlar joniga tegdi», «shunday darajadagi futbolchining penalti so'rab yurishi achinarli» kabi keskin fikrlar yangramoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.