Lion Nitsani mag'lub etib, g'alabalar seriyasini uzaytirdi

Lion Nitsani mag'lub etib, g'alabalar seriyasini uzaytirdi

Liga 1ning ayni paytdagi eng barqaror jamoalaridan biri bo'lib turgan “Lion” 22-tur doirasida o'z maydonida “Nitsa”ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Pavel Shultsning keskinlashtirgan uzatmasidan so'ng Korenten Tolisso hisobni ochdi — 1:0. 64-daqiqada esa Sharl Vanhutt jarima maydoniga yo'llangan to'pni to'xtatib qoldi, Noy Narti esa darvozani aniq nishonga oldi — 2:0.

Ushbu g'alabadan keyin “Lion” turnir jadvalida uchinchi o'rindagi o'rnini mustahkamlab, peshqadamdan 7 ochko ortda qolmoqda. “Nitsa” esa 14-pog'onada bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.