Zaharyan Real Sosedadning yaqin o'yin qaydnomasiga kirishi mumkin

Zaharyan Real Sosedadning yaqin o'yin qaydnomasiga kirishi mumkin

Real Sosedad matbuot attashesi Yon Ander Munduate yarim himoyachi Arsen Zaharyanning navbatdagi uchrashuvda maydonga tushishi ehtimoli haqida izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Rossiyalik futbolchi jarohat sabab bir nechta o'yinni o'tkazib yuborgandi, biroq yaqinda umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi.

Munduatening aytishicha, agar Arsen hafta oxirigacha yana biror shikast olmasa, u Oviedo'ga qarshi bellashuv uchun jamoa tarkibiga kiritilishi kerak.

Joriy mavsumda 22 yoshli Zaharyan barcha musobaqalarda 16 ta uchrashuvda qatnashib, 1 ta gol urdi.

Ispaniya La Ligasining 25-turida Real Sosedad va Real Oviedo 21-fevral kuni to'qnash keladi. Uchrashuv 18:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.