Fransiyada PSJning asosiy darvozaboni borasida fikr bildirildi

Fransiyada PSJning asosiy darvozaboni borasida fikr bildirildi

Lequipe jurnalisti Ugo Delom PSJning rossiyalik darvozaboni Matvey Safonovning Liga 1 doirasida “Renn”ga qarshi o‘yindagi harakatlariga baho berdi. Parij klubi safarda 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalistning ta’kidlashicha, yirik hisobdagi bu mag‘lubiyatni birgina darvozabonga yuklab bo‘lmaydi — natija butun jamoaning umumiy xatosi. Uning fikricha, ushbu o‘yin darvozabonlar iyerarxiyasiga ta’sir qilmaydi: Safonov PSJda “birinchi raqam” bo‘lib qoladi va Luis Enrike unga ishonishda davom etadi.

Fransiya chempionatining 22-turidan so‘ng PSJ 51 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Enrike shogirdlari peshqadam “Lans”dan atigi bir ochko ortda qolgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.