Kostakurta Bastonining simulyatsiyasini keskin tanqid qildi

Kostakurta Bastonining simulyatsiyasini keskin tanqid qildi

"Milan" afsonasi Alessandro Kostakurta "Inter" himoyachisi Alessandro Bastonining "Yuventus"ga qarshi o'yinda yiqilishni ataylab tasvirlaganini qattiq qoraladi. Epizod hakamni ishontirdi va milanliklar emas, aynan "Inter" penalti tepish huquqini qo'lga kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kostakurtaning fikricha, o'zini italyan futboli elitasi qatorida ko'rmoqchi bo'lgan futbolchi bunday yo'l tutmasligi kerak. U Bastonidan bu holat boshqa takrorlanmasligiga umid bildirdi va ehtimol bu tasodifiy xato bo'lgandir, deya qo'shimcha qildi.

Ayni paytda "Inter" A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.