Bellingem faoliyatidagi eng og'ir alamni esladi

Bellingem faoliyatidagi eng og'ir alamni esladi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem faoliyatida hanuz yodidan chiqmaydigan eng katta omadsiz lahza haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Angliyalik futbolchi Dortmundning «Borussiya»sida o'ynagan paytida Bundesligada chempionlik so'nggi turda qo'ldan chiqib ketganini esladi. «Mayns» ustidan g'alaba «asalarilar»ni chempion qilishi mumkin edi, biroq uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi va oltin medallar yana «Bavariya»ga nasib etdi.

«Hali ham meni quvib yuradigan omadsizlikmi? «Borussiya» bilan mavsumning oxirgi kunida boy berilgan chempionlik. Eslatganingiz uchun rahmat», — deya Bellingemning so'zlarini Madrid Zone keltirdi.

Bellingem 2023 yil yozida, Germaniyadagi o'sha dramatik yakundan ko'p o'tmay «Borussiya»dan «Real»ga ko'chib o'tgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.